"Valensiya" markaziy himoyachisi Kristian Moskera faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sebasten Vidal xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Londonning "Arsenal" klubi allaqachon 21 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma shartlari bo'yicha printsipial kelishuvga erishgan. Shu bilan birga, qayd etilishicha, klublar hozircha o'zaro muzokaralarni davom ettirmoqda.

O'tgan mavsumda Moskera barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.