"Arsenal" Trossardga narx belgiladi

Londonning "Arsenal" klubi vinger Leandro Trossarning narxini aniqlab oldi. Kuni kecha paydo bo'lgan mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, belgiyalik futbolchini "Fenerbahche" o'z safiga qo'shib olmoqchi - turk klubi uning uchun 15 mln evro to'lashga tayyor. Ko'rinishidan, bu etarli bo'lmaydi, chunki "kanonirlar" 30 yoshli futbolchini 25 mln evroga baholamoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.
Angliya grandi Trossard bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, biroq futbolchining maosh bo'yicha talablari tufayli muzokaralar hozircha muvaffaqiyatli yakunlanmadi. Vaziyatni Premer-liganing boshqa klublari, shuningdek, La Liga, A Seriya va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari kuzatib bormoqda.