"Arsenal" va "Sporting" Viktor Dyokeresh bo'yicha kelishuvga yaqinlashdi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, tomonlar bugun yangi aloqalardan so'ng kelishuvga yaqinlashgan.

Endi "kanonirlar" "Sporting" talab qilayotgan 70+10 mln evroga yaqinlashishga tayyor.

Avvalroq, hujumchi portugal klubi bilan mavsumoldi tayyorgarligiga qaytmagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta'kidlanishicha, futbolchi shu yo'l bilan uni "Arsenal"ga sotishga ko'ndirmoqchi.