"Arsenal" sobiq sport direktori APLning boshqa klubidan ish topdi

Londonning "Arsenal" klubi sobiq sport direktori Edu Gaspar faoliyatini APLning boshqa bir klubi - "Nottingem Forest"da funktsioner sifatida davom ettiradi. Bu haqda "o'rmonchilar" matbuot xizmati xabar berdi.
Gaspar yangi ish joyida "Arsenal"da qilgan ishini, ya'ni futbolchilarni tanlash, tarkibni shakllantirish, shuningdek, futbolchilarni tarbiyalash bilan shug'ullanadi. "Arsenal"da Gaspar 2019 yildan beri ishlab kelayotgandi, 2024 yilda u "kanonirlar"ni tark etdi.
"Nottingem Forest" o'tgan mavsumda jamoa boshqaruvida Nunu Eshpiritu Santu bilan APLda ettinchi o'rinni egalladi. Shu tariqa, "o'rmonchilar" kelasi mavsumda evrokubokda - Evropa konferentsiyalar ligasida o'ynaydi.