"Arsenal" sobiq hujumchisi armanistonlik futbolchiga maslahat berdi

Londonning "Arsenal" klubi sobiq hujumchisi Andrey Arshavin "Krasnodar" yarim himoyachisi Eduard Spertsyanning "Sautgempton"ga o'tishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlar borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"U erda futbol soddaroq, Spertsyan esa mahorati bilan ajralib turadi. Shunga qaramay, Angliya - Angliya.
Spertsyan qaerga borishni o'zi tanlasin. "Sautgempton" - oddiy jamoa", - deya izoh berdi Arshavin "Match" telekanalida.