"Arsenal" sobiq futbolchisi Ezeni tanqid qildi

Uilyam Gallas Eberechi Ezening "Arsenal"ga o'tish qarori haqida fikr bildirdi.
"Bu vaziyatda har doim bir xil savol. Futbolchi aslida nimani xohlaydi? Bilasizmi, u o'zi uchun nima yaxshi ekanini aniqlashga harakat qiladi. Hamma gap pulda va unga etarlicha vaqt, etarlicha daqiqalar bo'ladimi yoki yo'q?
Agar siz Ezening o'rnida bo'lganingizda, ko'p o'yin vaqti berilmasligini bila turib, oddiy "Kristal Pelas"ni tark etib, eng katta klublardan biriga o'tishni istamas edingiz.
Eze o'zi uchun eng yaxshi echim topishga harakat qildi. Biroq...", dedi "Arsenal", "Tottenxem" va "Chelsi"ning sobiq himoyachisi Gallas.