"Portu" Yakub Kiverni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatiga qiziqish bildirayotgan edi.

Yan Bednarek sotib olinishidan oldin (7,5 million evro evaziga) portugaliyaliklar "Arsenal"ning 25 yoshli markaziy himoyachisiga qiziqish bildirayotgan edi.

Biroq londonliklar polshalik futbolchi uchun 30 million evro so'rashgan. "Portu"ni bunday summa cho'chitib yubordi.

Yakub Kivyor o'tgan mavsumda APLda 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 1ta golga hammualliflik qilgan.