Londonning "Arsenal" klubi chap qanot himoyachisi Aleksandr Zinchenko joriy transferlar davrida sotib yuborilishi mumkin.

28 yoshli futbolchiga turli klublar, jumladan, "Milan" va Madridning "Atletiko" klublari qiziqish bildirgan, biroq bu jiddiy natijaga olib kelmagan. Jurnalist Sami Mokbelning so'zlariga ko'ra, "Arsenal" futbolchini sotishga faol harakat qilmayapti, ammo u bo'yicha takliflarni bajonidil ko'rib chiqadi, vaziyatni kuzatib borayotgan potentsial da'vogarlar bundan xabardor.

Aleksandr Zinchenkoning transfermarkt portalidagi bahosi 20 mln evroga teng. Himoyachining "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yarmigacha mo'ljallangan.