"Arsenal" hujumchisi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi, faqat uning muddati o'zgarmaydi

Leandro Trossard "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzolaydi.
London klubi 30 yoshli vinger bilan yangi bitim imzolashga kelishib oldi. Futbolchining maoshi sezilarli darajada oshiriladi, shu bilan birga, shartnoma muddati uzaytirilmaydi - shartnoma avvalgidek 2027 yilgacha mo'ljallangan, deb yozadi The Athletic.
Trossard 2023 yilning yanvarida "kanonirlar" safiga qo'shilgan edi. Jamoa tarkibida u barcha musobaqalarda 124 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.