"Arsenal" himoyachisi Londonning boshqa klubi safiga o'tib ketishi mumkin

Himoyachi Aleksandr Zinchenko yozgi transfer oynasida "Arsenal"ni tark etishi mumkin. Give Me Sport xabariga ko'ra, 28 yoshli Zinchenkoga "Fulxem" qiziqish bildirmoqda. Londonliklar allaqachon ukrainalikning atrofidagilar bilan aloqaga chiqqan va "to'pchilar"ga taklif yuborish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, "Arsenal" Zinchenkoni taxminan 15 million funt (17,4 million evro) ga baholamoqda.
Aytish kerakki, Aleksandr Zinchenko Rikardo Kalafori transferi va Mayls Lyuis-Skelli rivojlanishidan so'ng "Arsenal"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'la boshladi. Zinchenko "kanonirlar" safida jami 91 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.