"Arsenal" himoyachisi Dyokereshga yuqori baho berdi

Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Gabriel Magalyans Viktor Dyokereshning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, "Sporting"ning shvetsiyalik forvardi joriy yozda "kanonirlar"ning transfer maqsadiga aylangan edi.
"Hammamiz uning ajoyib o'yinchi ekanini bilamiz, lekin u "Arsenal" emas, "Sporting" futbolchisi. O'tgan yili unga qarshi o'ynash oson bo'lmadi. U ajoyib va sermahsul mavsum o'tkazdi," - deya Gabrielning so'zlarini keltiradi VVS.
O'tgan mavsumda Dyokeresh ajoyib statistikani namoyish etdi - shvetsiyalik 52 o'yinda 54 gol urdi va 13 golga uzatma berdi.