"Arsenal" Frantsiyadan yangi markaziy himoyachi topib qo'ydi

Londonning "Arsenal" klubi "Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jakega qiziqish bildirmoqda.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "kanonirlar" 20 yoshli frantsuz vakillari bilan allaqachon ilk aloqalarni o'rnatgan.
Yaqindagina "Renn" bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolagan futbolchi "Arsenal" uchun kelasi yozdagi asosiy variantlardan biriga aylanishi mumkin. Hozirda u Transfermarkt tomonidan 10 million evroga baholanmoqda.