"Kristal Pelas" vingeri Ebere Eze "Arsenal"ga o'tadi, deb xabar berdi X ijtimoiy tarmog'ida insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, barcha tomonlar o'rtasida og'zaki kelishuvga erishilgan. "Arsenal" bir necha kun davomida u bilan muzokara olib borgan "Tottenxem"dan angliyalik xavbekni ilib ketdi.

"Kanonirlar" Angliya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi transferi uchun 60 million funtga yaqin pul to'laydi.