"Arsenal" Dyokeresh uchun qanday bonuslar to'lashi ma'lum bo'ldi

"Arsenal"ning Viktor Dyokeresh uchun bonuslar to'lash shartlari ma'lum qilindi.
Shvetsiyalik hujumchi London klubiga o'tishga yaqin turibdi. "Kanonirlar" futbolchining transferi uchun "Sporting"ga 63,5 million evro va 10 million bonus to'lashi xabar qilingandi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, bonuslarning tuzilishi quyidagicha:
- Har 20 o'yin uchun (agar u maydonda kamida 45 daqiqa o'ynagan bo'lsa) - 1,25 mln evro, maksimum 5 mln evro.
- Har 20 ta samarali harakat uchun (gol+pas) - 500 ming evro, maksimum 1 mln evro.
- "Arsenal" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga chiqqan har bir mavsum uchun - 1 mln evro, maksimum 4 mln evro.
Dyokereshning "Arsenal"dagi tibbiy ko'rikdan o'tishi shanba kuniga belgilangan.