"Arsenal" Dyokeresh futbolkalari sotuvi rekord o'rnatganini ma'lum qildi

Londonning "Arsenal" jamoasiga yangi qo'shilgan shvetsiyalik futbolchi Viktor Dyokereshning futbolkalari savdosi klubning butun tarixi davomidagi rekordini yangiladi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
"Turli savdo shoxobchalari va chakana sotuvchilardan olingan ma'lumotlar hali tahlil qilinayotgan bo'lsa-da, Dyokereshning 14-raqamli futbolkasiga bo'lgan talab klubning so'nggi yillardagi boshqa barcha futbolkalariga nisbatan yuqori ekanligi allaqachon ma'lum bo'ldi," - deya ta'kidlaydi manba.
Eslatib o'tamiz, shvetsiyalik futbolchi Lissabonning "Sporting" jamoasidan "to'pchilar" safiga o'tgan edi. Hujumchi besh yillik shartnoma imzoladi va darhol "Arsenal" bilan birga Janubi-Sharqiy Osiyoga mavsumoldi safariga yo'l oldi.