"Arsenal" direktori to'purar hujumchi masalasini hal qilish uchun Portugaliyaga yo'l oldi

"Arsenal" hujumchi Viktor Dyokereshni o'z safiga qo'shib olishni juda xohlamoqda. "Kanonirlar"ning niyati jiddiyligini klub sport direktori Andrea Berta "Sporting" bilan muzokaralar o'tkazish uchun Portugaliyaga uchib ketgani tasdiqladi. Bu haqda BBC saytida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, bitim yopilish arafasida. Uning narxi taxminan 70 million funt (taxminan 81 million evro) bo'lishi mumkin.
Xabaringiz bor, "Arsenal" o'tgan mavsum davomida hujum chizig'ida kadrlar masalasida muammolarga duch kelgan edi. Hatto Mikel Merino ham nominal hujumchi pozitsiyasida o'ynashiga to'g'ri kelgan edi - u asli markaziy yarim himoyachi.
27 yoshli Dyokeresh o'tgan mavsumda 52 ta o'yinda 54 ta gol urgan.