"Arsenal" "Chelsi" vingeri uchun 58 million evro taklif qildi

"Arsenal" vinger Noni Madueke bilan kelishuvga erishdi. Endi "kanonirlar" "Chelsi" bilan kelishuvga erishishi kerak.
Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Arsenal" Madueke uchun bonuslarni hisobga olgan holda 50 million funt (taxminan 58 million evro) miqdorida dastlabki taklif bilan chiqqan. Shu bilan birga, "Chelsi" 23 yoshli Madueke transferidan ko'proq pul ishlab olmoqchi.
Noni Madueke "Chelsi" safida 92 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va jamoadoshlariga 9 ta golli uzatma berdi. Endi Madueke Londonning boshqa klubiga o'tishi mumkin.