"Bavariya" tayanch yarim himoyachisi Joau Palinya Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

30 yoshli portugaliyalik futbolchiga "Arsenal" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" allaqachon futbolchi borasida myunxenliklar bilan muzokaralarni boshlagan.

Palinya Premer-ligada o'ynash tadribasiga ega. U avval "Fulxem" sharafini himoya qilgan. Uning nemis grandi bilan shartnomasi 2028 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni 30 million evroga baholamoqda.