"Arsenal" 18 yoshli hujumkor yarim himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Londonning "Arsenal" klubi hujumkor yarim himoyachi Itan Nvaneri bilan shartnomani uzaytirishni yakunlamoqda.
Muzokaralar davomida tomonlarda ba'zi qiyinchiliklar yuzaga keldi, endi ular uzil-kesil hal qilinganga o'xshaydi. Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan ma'lumotiga ko'ra, 18 yoshli futbolchi yangi shartnoma tuzishga "juda yaqin." "Arsenal" bir necha kun ichida to'liq kelishuvga erishilishiga umid qilmoqda.
Itan Nvanerining "kanonirlar" bilan amaldagi kelishuvi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi London grandining asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda 39 ta o'yin o'tkazib, to'qqizta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.