“Krasnodar”ning hujumkor yarim himoyachisi Eduard Spertsyan Evropa klublaridan birining qiziqish doirasida.

Armenie Football xabariga ko'ra, tez orada "Krasnodar" stolida Evropa klublaridan birining yangi taklifi bo'lishi mumkin.

Biroq hozircha jamoa nomi haqida ma'lumot yo'q. Avvalroq, Angliyaning “Sautgempton” klubi Spertsyanning transferi uchun Rossiya klubiga yangi taklif bilan chiqdi va transfer summasini 11 million dollardan 14 million dollarga oshirdi.

Joriy mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda ettita uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.