Argentinalik futbolchi nega "Atletiko"ga o'tganini tushuntirdi

Yaqinda "Lion"dan Madridning "Atletiko" klubiga ko'chib o'tgan argentinalik yarim himoyachi Tyago Almada ushbu transfer borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu erda o'ynash mening orzum edi. Men "Atletiko"ni tanladim, chunki bu klubni va uning tarixini yaxshi ko'raman. Men doim uning o'yinlarini tomosha qilardim. Menga bu erga kelish uchun imkoniyatim borligini aytishganida, shubha qilmadim. Endi nima uchun bu erda ekanligimni ko'rsatishim kerak," - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Marca.
Shuningdek, Almada yarim himoyadagi asosiy pozitsiyasi chap qanot bo'lsa-da, agar hujumkor harakatlar haqida gap ketsa, istalgan joyda o'ynashga tayyorligini ta'kidladi.
"Men uchun eng muhimi - o'ynash," - deya ta'kidladi Almada.
Jahon chempioni hisoblangan 24 yoshli argentinalik futbolchi madridliklarga 21 million evroga tushgan.