Argentinalik futbolchi erkin agentga aylandi

33 yoshli yarim himoyachi Erik Lamela Afinaning AEK klubini tark etib, erkin agentga aylandi.
Eslatib o'tamiz, mashhur argentinalik futbolchi Gretsiyadagi milliy chempionatda jami 24 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
AEKga o'tishdan oldin Lamela Ispaniyaning "Sevilya" jamoasida uch yil o'ynadi. Ammo argentinalik futbolchi Londonning «Tottenxem» klubi futbolchisi sifatida tanilgan; Lamela "shporlar"da sakkiz yil o'tkazdi - 2013 yildan 2021 yilgacha.