Ronald Arauxoning tovon puli yana 1 milliard evroga ko'tarildi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, tovon pulining oshirilishi bugundan kuchga kirgan. Bungacha himoyachini "Barselona"dan 60 mln evroga sotib olish mumkin edi.

Arauxoning "Barselona" bilan shartnomasi muddati 2031 yilda tugaydi.

2024/25 yilgi mavsumda urugvaylik futbolchi La Ligada 12 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.