Arauxoning "Barselona"dan ketishi inkor etilmayapti

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo o'tgan qishda jamoa bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirganiga qaramay, klubdan ketishi mumkin.
Relevo xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi klubda ikkinchi darajali rolga rozi bo'lmaydi. Agar u Kubarsi va Inigodan ortda qolayotganini sezsa, jamoadan ketishini so'rashi mumkin.
"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati Arauxo transferidan yaxshi moliyaviy foyda olishi mumkinligi sabab transferga qarshilik qilmaydi.