Arauxo Yamalning kiyinish uslubi haqida hazil qildi (foto)

Ronald Arauxo Lamin Yamalning kiyinish uslubiga baho berdi.
"Barsa"ning urugvaylik himoyachisi ijtimoiy tarmoqlarda 18 yoshli xavbekning tashqi ko'rinishiga baho bergani aks etgan videoni joyladi.
Arauxo: Bolalar, bu kiyimni baholashga yordam beringlar. Mana bu botinkalarga qarang. Maykl Jeksonga o'xshaysan.
Yamal: Jinni bo'ldingmi? Aka, bu stil.
Arauxo: Ajoyib stil, to'g'ri. U senga juda yarashadi.
Muloqot yakunida "Barselona"ning har ikki futbolchisi kulib yubordi.
