"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo "Tegu"ga qarshi (5:0) o'yindan so'ng matbuot anjumanida jamoada qolishi haqida gapirdi.

"Men "Barcelona"da qolaman, bu erda baxtliman. Siz hali Ronaldni eng yaxshi holatda ko'rmadingiz, u bu mavsumda keladi.

Men ruhiy jihatdan o'zimga juda ishonaman, garchi o'tgan yili jarohat tufayli bu ishonchni biroz yo'qotgan edim lekin xozir menda ishonch bor.

Bu yil menda juda katta motivatsiya bor", - dedi urugvaylik 26 yoshli futbolchi.