"Al-Hilol" "Nyukasl"ning 25 yoshli hujumchisi Aleksandr Isakni o'z safiga qo'shib olish maqsadida o'ta katta taklif bilan chiqmoqchi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi jamoa etakchilaridan birini katta pulga ham sotmoqchi emas.

Avvalroq OAVda "Liverpul" Isak bo'yicha "Nyukasl"ga taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta'kidlanishicha, mersisaydliklar Shvetsiya terma jamoasi futbolchisining transferi uchun 100-120 mln evro to'lashi mumkin.

O'tgan mavsumda Isak barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shvedning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.