APLga qaytgan "Sanderlend" tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda

"Neymegen" klubi darvozaboni Robin Roefs "Sanderlend"ga o'tishi mumkin.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli darvozabon bilan kelishuvga erishilgan, u tez orada Angliyaga uchib keladi va "qora mushuklar" bilan shartnoma imzolaydi.
O'tgan mavsumda Roefs Erediviziyada 32 ta o'yin o'tkazib, 42 ta gol o'tkazib yuborgan.