Payshanba kuni "Lids" "Milan"dan hujumchi transferini e'lon qildi - "tovuslar" tarkibiga Noa Okafor qo'shildi. Matbuot ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv summasi 18 million funt (20,82 million evro) ni tashkil etgan.

BBC xabariga ko'ra, ushbu kelishuv rasmiylashtirilgach, Angliya Premer-ligasida klublarning bir vaqtning o'zida transfer xarajatlari bo'yicha yangi rekord o'rnatildi. Bu yozda tarkibni kuchaytirish uchun APL klublari allaqachon 2,37 milliard funt (taxminan 2,74 milliard evro) sarflagan.

Avvalgi rekord 2023 yilning yozida qayd etilgan edi. O'shanda Premer-liga vakillari yangi o'yinchilarni 2,36 milliard funtga (joriy kurs bo'yicha 2,73 milliard evro) sotib olgandi.

Angliyaning amaldagi chempioni "Liverpul" hisoblanadi.