APL klublari "Barselona"ga 30 million evro to'lashga tayyor

"Barselona" tayanch yarim himoyachisi Mark Kasado APLga ko'chib o'tishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Vest Xem" va "Vulverxempton" 21 yoshli ispaniyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi va u uchun 30 million evro taklif qilishga tayyor.
Futbolchining ustuvor maqsadi "Barselona" safida qolish.