APL klubi "Roma"ga o'z futbolchisini taklif qildi

"Brayton"ning hujumkor yarim himoyachisi Xulio Ensiso jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, 21 yoshli paragvaylik futbolchi "Roma"ga taklif qilingan.
Qishda "Ipsvich" Xulioni 2024/25 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
"Brayton" Ensisoni 2022 yilning yozida "Libertad"dan 10 million evrodan ko'proqqa sotib olgandi. Uning shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
U o'tgan mavsumda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.