"Vulverxempton" Braziliyaning "Fulminense" jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Jon Arias uchun 15 million funt sterling to'lashga tayyor.

Arias "Fluminense"ning klublar o'rtasidagi jahon chempionatida har bir daqiqasini o'ynadi va jamoasining yarim finalga chiqishiga yordam berdi.

27 yoshli kolumbiyalik futbolchi FIFA turnirida bitta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirib, Evropa klublarida qiziqish uyg'otdi.

TalkSPORT xabariga ko'ra, Arias "Manchester Yunayted"ga o'tgan Matey Kunyaning o'rnini egallashi kutilmoqda.