"Krasnodar" klubi "Sautgempton"ning yarim himoyachi Eduard Spertsyan transferi bo'yicha taklifini hozircha qabul qilmagani ma'lum bo'ldi.

Armenie Football nashri tarqatgan xabarga ko'ra ayni damda Angliya Premer-ligasiga chiqqan "Lids" 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Manbaga ko'ra, bu "Krasnodar"ning "Sautgempton" bilan muzokaralarni cho'zib, taklifni qabul qilmayotganining sabablaridan biridir. Shu bilan birga, "Lids"dan hozircha taklif yo'q.

Joriy mavsum statistikasi haqida gapiradigan bo'lsak, barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda, Spertsyan sakkizta uchrashuvda sakkizta samarali harakat qildi - to'rtta gol va to'rtta golli uzatma.