APL direktorida xorijda o'yin o'tkazish rejasi yo'q

APL ijrochi direktori Richard Masters Angliya chempionati o'yinlari boshqa mamlakatlarda o'tkazilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"O'yinlarni xorijda o'tkazish bo'yicha hech qanday rejamiz yo'q. Bu hatto mening kiruvchi hujjatlar jildimda ham yo'q va bu bizning stolimizda muhokama qilinmaydi," - deya funktsionerning so'zlarini keltiradi BBC.
Bunday g'oyalar birinchi marta mahalliy futbol rahbariyati tomonidan 2008 yilda ko'tarilgan, biroq OAV va muxlislar tanqididan so'ng ulardan voz kechishga qaror qilingan.
Avvalroq Italiya va Ispaniya futbol federatsiyalari o'z milliy chempionatlarining bir nechta o'yinlarini Avstraliya va AQShda o'tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.