APL. «Arsenal» 1-turda safarda «Manchester Yunayted»ni mag'lub etdi

Angliya Premer-ligasining 1-turida "Manchester Yunayted" hamda "Arsenal" jamoalari to'qnash keldi. Uchrashuvda London klubi 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Bellashuv Manchester shahridagi "Old Trafford" stadionida o'tdi.
13-daqiqada Rikkardo Kalafori uchrashuvdagi yagona golni urdi.
Kelasi turda "Manchester Yunayted" 24 avgust kuni safarda "Fulhem" bilan to'qnash keladi. "Arsenal" esa 23 avgust kuni o'z maydonida "Lids Yunayted"ga qarshi o'ynaydi.
Angliya Premer-ligasi. 1-tur
17 avgust 2025 yil, yakshanba. 20:30
Manchester Yunayted (Manchester) — Arsenal (London) - 0:1
Gol: 0:1 — Kalafori, 13'
Manba: championat.com