Anxel di Mariya futbolda erishmagan yagona orzu qolgan

Anxel di Mariya "Benfika"ni tark etib, o'zi uchun qadrdon bo'lgan "Rosario Sentral"ga qaytdi. Kuni kecha Argentina klubi 37 yoshli yulduzni tanishtirdi. Yulduz futbolchi Evropadagi 18 yillik muvaffaqiyatli o'yinlaridan so'ng vataniga qaytdi.
"Rosario Sentral" bilan chempion bo'lishni istardim. Bu futbolda men hali erishmagan yagona maqsad," - deya di Mariyaning so'zlarini keltiradi AlbicelesteTalk.
Evropada Anxel di Mariya "Benfika", "Yuventus", "PSJ", "Manchester Yunayted" va Madridning "Real" klublarida o'ynagan.