Antonio Konte "Manchester Siti"ning yana bir futbolchisini "Napoli"da ko'rmoqchi edi, ammo...

"Napoli" yozgi transferlar davrida darvozabon pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, neapolliklar "Manchester Siti"dan darvozabon Edersonni sotib olmoqchi bo'lgan, ammo rad javobini olgan. Jamoalar o'rtasidagi muzokaralar bekor qilindi. Qayd etilishicha, "Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte selektsiya bo'limi oldiga yangi darvozabonni albatta topish vazifasini qo'ygan, shu bois klub munosib nomzodni izlashda davom etadi.
Ederson o'tgan mavsum "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda maydonga tushdi.