Antoni tezroq kelajagini hal qilish uchun Manchesterga qaytdi

Braziliyalik vinger Antoni kelajagini tezroq hal qilmoqchi.
MUFC News xabariga ko'ra, 25 yoshli braziliyalik bu masalani hal qilish uchun ta'tilni qisqartirib, Manchesterga qaytdi.
Antoniga asosiy da'vogar "Betis", ammo ispan klubi uni sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Mankunianliklar uni 40 million evrodan qimmatroqqa sotmoqchi.
Antonining shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.