Antoni Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga tayyor

"Manchester Yunayted" vingeri Antoni faoliyatini Evropadan tashqarida davom ettirishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini Ispaniyaning "Betis" klubida o'tkazdi va u erda o'zini yorqin ko'rsatdi, ammo sevilyaliklar sotib olishni rasmiylashtira olmadi. Endilikda 25 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistonida talab bor, deb yozadi United Stand Antoni agentining so'zlariga tayanib, u mijozining Saudiya klublaridan biriga o'tishga tayyorligini ham ma'lum qilgan.
Antonining transfer narxi Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 35 mln evroga baholanmoqda. Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.