Londonning "Arsenal" klubi afsonasi Terri Anri "kanonirlar"ning yangi a'zosi Viktor Dyokereshning saviyasini baholadi.

"Dyokereshning "Atletik"ga urgan golini ko'rdingiz. Instinkt, to'pning qaerga uzatilishini tushunish, bosh bilan ajoyib zarba berish, to'pni darvozabonning qarama-qarshi tomoniga yumshoq yo'naltirish - bu haqiqiy "to'qqizlik." Jarima maydoni ichidagi qotil va ko'plab vaziyatlar yaratadigan jamoa kelishuvi mukammal bo'lishi kerak," - deya Anrining so'zlarini keltiradi Betway.

Shvetsiyalik hujumchi yozda "Sporting"dan "Arsenal"ga o'tgan edi. Londonliklar futbolchi uchun 65,8 mln evro to'lagan. Dyokeresh yangi klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.