Angliyaning ikki klubi "Yuventus" yarim himoyachisini qo'lga kiritishni maqsad qilgan

"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Luis Angliya Premer-ligasi vakillarining transfer maqsadi bo'lib qolmoqda.
"Keksa sinora" braziliyalik bilan shartnoma imzolanganidan bir yil o'tib xayrlashishga tayyor, xavbekning o'zi esa, mish-mishlarga ko'ra, Angliyaga qaytishni istaydi. TEAMtalk xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchiga nafaqat "Vest Xem", balki "Everton" ham da'vogarlik qilmoqda. Luisning taklif etilishiga shaxsan "irislar" bosh murabbiyi Devid Moyes qiziqish bildirmoqda. Klub allaqachon futbolchi bilan bog'langan.
Duglas Luis o'tgan yilning yozida "Aston Villa"dan 51,5 mln evro evaziga "Yuventus"ga o'tgan edi. Yarim himoyachining hozirgi narxi Transfermarkt portali tomonidan 30 mln evroga baholanmoqda.