Angliyaning ikki klubi "Yuventus" vingeri uchun da'vogarlik qilmoqda

"Yuventus" futbolchisi Nikolas Gonsales Angliya Premer-ligasining ikki vakili radarlariga tushib qoldi.
27 yoshli vinger joriy transferlar davrida ketishi mumkin - turinliklar uni qo'yib yuborishga tayyor. Jurnalist Nikolo Skiraning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, Gonsalesga "Everton" va "Fulxem" qiziqish bildirgan. "Irilar" va "dala hovlilar" ehtimoliy bitim shartlari haqida ma'lumot so'rashdi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Nikolas Gonsalesning narxini 24 mln evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda argentinalik "keksa sinora" safida "Fiorentina"dan ijara asosida to'p surgan, iyul oyida esa futbolchini 28 mln evroga sotib olish majburiyati kuchga kirgandi.