Angliyalik iqtidorli himoyachiga Premer-liga va A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda

Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Tuluza" himoyachisi Charli Kressvellga yozda jamoani tark etishiga ruxsat beradi. Angliya U-21 terma jamoasi futbolchisiga allaqachon Premer-liga va Italiya A seriyasi klublari qiziqish bildirishgan.
Markaz himoyachisi o'tgan yozda 4,5 million evro evaziga Frantsiya janubiga ko'chib o'tdi. Yangi klubidagi og'ir startdan so'ng, ingliz futbolchisi moslashib, asosiy tarkibda o'zini namoyon qildi.
Xabarlarga ko'ra, "Tuluza" uni sotishga tayyor va u bilan 2028 yilgacha shartnoma tuzilganini hisobga olsak, yaxshi daromad olishi mumkin.
2024/25 yilgi mavsumda Kressvell “Tuluza” safida barcha turnirlar doirasida 34 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.