"Liverpul" va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Endi Kerroll Angliyaning oltinchi divizionidagi "Dagenem end Redbridj" klubi bilan shartnoma imzoladi.

36 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Bordo" safida 23 o'yinda maydonga tushib, 11 gol urgan. Kerroll "Liverpul" safida o'ynab ham shuncha gol urgan. U terma jamoa safida to'qqizta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan.

2016 yilda uchinchi pog'onada bo'lgan "Dagenem end Redbridj" Qatar konsorsiumi tomonidan sotib olindi.