Hujumkor yarim himoyachi Eduard Spertsyanda faoliyatini Angliyada davom ettirish imkoniyati bor.

Jurnalist Ayk Oganesyanning yozishicha, "Sautgempton" "Krasnodar" sardori uchun taklif bilan chiqqan. Gap 12,5 million evro miqdorida ketmoqda.

"Jirona taklif bilan chiqmaganidan so'ng, Eduard bir necha hafta oldin rad etgan "Sautgempton" bilan variantni ko'rib chiqishga qaror qildi. Bir necha soat oldin ingliz klubi "Krasnodar"ga 12,5 million evro taklif qilganini bildim", - dedi Oganesyan.

Eslatib o'tamiz, Transfermarkt portali Eduard Spertsyanni 25 million evroga baholamoqda. Shu bilan birga, futbolchining “Krasnodar” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Aytgancha, "Sautgempton" bu mavsumni Chempionshipda o'tkazadi.