"Andijon" Valijon Rahimov bilan xayrlashdi

Yozgi selektsiya ishlarini davom ettirayotgan "Andijon" ayrim o'yinchilar bilan xayrlashmoqda.
Bungacha Iskandar Shoyqulov bilan shartnoma bekor qilinganligi xususida xabar berilgandi, bu safar darvozabon Valijon Rahimov “Andijon” bilan xayrlashganini ma'lum qilindi.
Ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra shartnoma bekor qilindi.
Rahimov mavsum boshida tarkibga qo'shilgandi va o'tgan vaqt mobaynida Superligada oltita, O'zbekiston Kubogida ikkita va bir bor Superkubok o'yinida maydonga tushdi.
"Valijonga keyingi faoliyatida omad tilaymiz" - deyiladi "Andijon"ning rasmiy bayonotida.