"Andijon" ukrainalik darvozabon transferini e'lon qildi (foto)

Yozgi selektsiya ishlarini olib borayotgan "Andijon" tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
Bu yil 25 yoshni qarshi oladigan ukrainalik darvozabon Artyom Odintsov jamoa a'zosiga aylandi.
Ma'lumot uchun, Artyom Odintsov 2000 yilning 9 noyabr sanasida Ukrainada tavallud topgan.
Darvozabon bunga qadar Ukrainaning "Munkach", Vengriyaning "Kishvarda" va "Doshdor" klublari sharafini himoya qilgan. 2018 yildan beri aynan Vengriya chempionatida faoliyat olib borgan.
Odintsov bilan shartnoma 1,5 yilga tuzilgan.
