12 iyuldan o'z qarorgohida to'planib ikki kun shug'ullangan “Andijon” bugundan asosiy bosqich mashg'ulotlariga kirishdi.

Mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida jamoa oldindan rejalashtirilganidek, doimiy yig'in o'tkazib kelayotgan maskan - Tojikistonning Guliston shahrida joylashgan “Milliy bank”ga qarashli sog'lomlashtirish sport komleksida bugundan yozgi yig'inini boshladi.

Maksim Shatskix boshchiligidagi “Burgutlar” bu erda 26 iyulga qadar o'quv-mashg'ulot yig'inini olib boradi. 

Mazkur tayyorgarlik davomida Tojikistonning ikkita klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi ham ko'zda tutilgan.