Tojikistonda Superliga ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Andijon" bugun "Istravshan"ga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi va 3:2 hisobida kambek amalga oshirdi.

Dastlab birinchi bo'limda tojikistonliklar 2 ta gol urib, ishonchli hisobda oldinga chiqib olgan edi.

Andijonliklar ikkinchi bo'limda Islom Mamatkazin va Otabek Jo'raqo'zievning dubli evaziga irodali g'alabani nishonladi.