Tojikistonda yozgi yig'inni o'tkazayotgan "Andijon" bugun ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Raqib Tojikiston oliy ligasi ishtirokchisi – "Istaravshan" jamoasidir.

Mazkur klub chempionatda 12 ochko bilan 12 ishtirokchi orasida 10-o'rinni egallab turibdi. "Istaravshan"ga Shuhrat Shamsiev bosh murabbiylik qilib kelmoqda.

"Andijon" jamoasining bugungi uchrashuvi "Istaravshan Arena" stadionida kechki mahal - soat 20:00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Maksim Shatskix jamoasi Tojikistonda o'tkazayotgan yozgi yig'inidagi ilk nazorat o'yinini "Esxata"ga qarshi o'tkazib 4:2 hisobida g'alaba qozongan.